Quyosh tizimida nechta sayyora bor?

03314565Sayyoramiz Quyosh atrofida aylanib turadi. Yerning yettita “qo‘shni”si bor: Merkuriy, Ve­nera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun. Quyosh va uning atrofida ayla­nayotgan barcha kosmik jismlar, sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari va asteroidlar Quyosh tizimini tashkil qiladi.

Yer shari Quyosh atrofida bir tekisda emas, yo‘lda dumalab ketayotgan koptokka o‘xshab aylanadi. Ilmiy taxminlarga qaraganda, sayyoramiz hali juda kichikligidan Quyosh atrofida xuddi to‘p singari aylanib, o‘ziga yangi-yangi qismlarni o‘rab, mazkur harakatga “odatlanib” qolgan ekan.

“Sayyora” so‘zi “sayohatchi” degan ma’noni ang­latadi.
Quyoshga eng yaqini – Merkuriy sayyorasi. Eng uzoq­dagisi – Neptun. Yer – Quyoshdan uchinchi uzoqlikdagi sayyoradir.
Orbita – sayyoraning yulduz atrofidagi yoki tabiiy yo‘ldoshning sayyora atrofidagi samoviy yo‘li.
Sayyoramiz Quyosh atrofida 30 km/sekund yoki 108 ming km/soat tezlikda aylanadi. Zamonamizning eng ilg‘or kosmik kemalari bilan ham bunday tezlikka erishib bo‘lmaydi.