Selofizis

dinozavrDinozavrlar haqida multfilm, kinolarni hamma­miz ham sevib tomosha qilamiz, to‘g‘rimi? Masalan, menga ular­ning juda ham ulkan va kuchli bo‘lgani yoqadi. Sizga-chi?
Agar dinozavrlar­ning kattaligi qanday bo‘lgani, nimalar ye­gani, nega qirilib ketgani, olimlar dinozavr suyaklarini qan­day topishgani siz uchun ham qiziq bo‘lsa, ushbu sahifa­mizni kuza­tib boring.
Dinozavrlar bundan 220 million yil oldin paydo bo‘lgan. Ular yer yuzida 160 million yil hukmronlik qilgan. Keyin esa sayyoramiz tabiatidagi keskin o‘zgarishlar tufayli qirilib ketgan.
Inson yerda o‘zidan oldin dinozavr­lar yashaganini 19-asrga kelibgina bilgan. Ar­xeolog (qazilmalar orqali qadimiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganuvchi olim) va paleontolog (qadimiy jonivor hamda o‘simlik qoldiqlarini o‘rganuvchi olim)lar yordamida biz dinozavrlar va ular yashagan davr g‘aro­yibotlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldik.

Yer yuzidagi ilk dinozavr – selofizisning bo‘yi 3 metr, og‘irligi esa bor-yo‘g‘i 20 kilogramm bo‘lgan. Vazni yengilligi tufayli soatiga 80 km tezlikda yugura olgan. U boshqa dinozavr­lar sin­gari bahaybat bo‘lmasa-da, xavfli yirtqich hisoblangan. O‘ljaga old oyoqlari bilan hujum qilgan.
Selo­fizislar trias davri oxirida (taxminan 200 million yil oldin) tabiiy ofat sababidan qirilib ketgan.

Yashagan davri: So‘nggi trias
Uzunligi: 3 metr
Vazni: 20 kilogramm
Topilgan: 1881-yili AQShda
Muhim ma’lumotlar: mayda yirtqich; epchil; to‘da bo‘lib ov qilgan; bir-birini yeyishga moyilligi bor; jag‘i ensiz dinozavr
Nomining ma’nosi: “Bo‘sh gavda”

Bilasizmi, bolajonlar, hozirgi O‘zbekiston hududi­dan ham gilmoreozavr, turanotseratops hamda senagnatid kabi dinozavr turi qoldiqlari topilgan. Ular haqida to‘liqroq ma’lumot olmoq­chi bo‘lsangiz, kelgusi sonlarimizni ­kuzatib boring.

Dinozavrlar yashagan davrda sayyoramizda bittagina Pantallasoy deb nomlagan ulkan okean hamda yagona qit’a – Pangeya bo‘lgan.