Xadicha va bobosi

xadichaHar gal bobo-yu buvi­mizni ko‘rgani borganimizda, albatta, biror yangi narsa o‘rganib kelamiz. Ular­ning pand-nasihatlariga amal qilsak, doimo atrofdagilarning hurmatiga sazo­vor bo‘lamiz. O‘rtog‘i­ngiz Xadicha ham bugun bobosidan qarindoshchilik odobi haqida ko‘p narsa­larni o‘rganib oldi.
Xadicha: – Bobojon, qashqadaryolik Muxlisa xolam bizga uzoq qarindosh bo‘ladilarmi? Chunki ularning uyi juda uzoqda-ku.
Bobo: – Qizalog‘im, qarindoshlarning uzoq­dagisi bo‘lishi mumkin-u, lekin uzog‘i bo‘lmaydi. Ular yiroqda turishsa ham, bordi-keldini unutma­sang, senga yaqindek bo‘lishadi. Shuning uchun ham qarindoshlarni tez-tez ziyo­rat qilib turish lozim.

– Bobojon, dadamning aytishlari­cha, uzoq umr ko‘rishingizning bir siri bor ekan.
– Inson yoshlikdan turli mashqlar bilan tanasini chiniqtirib borishi ke­rak. Bu – tansog‘lik uchun zarur. Lekin uzoq va barakali umr ko‘rishning boshqa bir siri ham bor. Uzoq umr ko‘rishni istagan odam qarindoshlari bilan aloqani uzmasligi, ularga qo‘lidan kelganicha yaxshilik qilishi va tez-tez ko‘rgani borib turishi lozim.
– Men ham endi hamma qarindoshlarimga yaxshilik qilishni boshlayman. Lekin ular ko‘p-ku, birinchi kimdan boshlay?
– Qizalog‘im, avvalo onangga shirin so‘zli bo‘lib, hamma aytganlarini bajarishing kerak. Keyin otangga xuddi shunday hurmat ko‘rsat. So‘ngra opa-singillaringga, aka-ukalaringga va barcha qarindoshla­ringga qo‘lingdan kelganicha yaxshilik qil.
– Kichik tog‘am biznikiga hech kelmaydilar, buvimnikiga borsak ham, biz bilan birga o‘tirmaydilar. Ayamni doim xafa qiladilar. Men ham ular bilan gaplashmasam maylimi?
– Aslo bunday qilma, qizalog‘im. Sen bilan qarindoshlik aloqalarini uzishga intilgan odam bilan yaqin bo‘lishing haqiqiy yaxshilikdir.
Maktabda eng qiyin ma­salani yechsang, hammadan yuqori baho olasan-ku, to‘g‘rimi? Hayotimiz ham katta bir maktab. Bunda birovlarga muammo tug‘dirishga emas, balki muammolarni hal qi­lishga intilishimiz lozim.
Xadicha bundan keyin qarindoshlar daftarini yuritishga qaror qildi. Siz ham jurnalimizda berilgan “Qarindoshchilik daraxti”ni to‘ldirib chiqing. Keyin uni bemalol xonangiz devoriga osib qo‘yishingiz mumkin.