“Eng yaxshi fotosurat” tanlovi

Eshitdingizmi, “Jajji akademik” jurnali ajoyib tanlov boshlabdi. Siz ham farzandingizga jurnalning atigi bitta sonini olib bering va ushbu tanlov ishtirokchisiga aylaning. G‘olib bo‘lsangiz, butun yil davomida “Jajji akademik”ning o‘zi uyingizni izlab boradi.
xonanda Shahzodaning Facebook sahifasida o‘tkazilayotgan “Akademik bolaman” tanlovi sharti juda oddiy. Avvalo jurnal sahifasiga (https://www.facebook.com/Jajjiakademikbolalarjurnali/) “like” bosing. So‘ngra farzandingizning “Jajji akademik” bilan tushgan rasmini sharhi bilan ushbu post ostiga qo‘ying. Unutmang, surat qahramoni 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lishi kerak. Roppa-rosa bir haftadan so‘ng surat va sharhlarning originalligiga qarab g‘oliblarni aniqlaymiz. Bitta Shahzoda tanlagan va bitta eng ko‘p “like” yiqqan ishtirokchi “Jajji akademik” jurnali uchun 2016 yil oxirigacha obuna egasi bo‘ladi. G‘oliblarni “Akademnashr” nashriyotining ajoyib kitoblari ham kutmoqda.
“Jajji akademik” – farzandlarimizga ulkan muvaffaqiyatlar yo‘lida eng yaxshi hamroh bo‘lmoqchi ekan! Qani, bolajonlarimizni eng yaxshi do‘st bilan tanishtirishni boshladik unda. Tanlov jarayonini esa #jajjiakademik xeshtegi orqali kuzatib borish mumkin.