“Eng yaxshi ijodkor” tanlovi

“Jajji akademik” jurnali tahririyati “Akademik bolaman” nomli tanlov e’lon qiladi! Ushbu tanlov sharti juda oddiy. Avvalo jurnal Facebook sahifasiga (https://www.facebook.com/Jajjiakademikbolalarjurnali/) “like” bosing. So‘ngra farzandingiz yozgan she’rni O’zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning Facebookdagi sahifasida qoldiring. Ilm fazilati haqidagi she’rlarning g‘olib bo‘lish imkoniyati ko‘proq. Unutmang, jajji shoirlar 14 yoshgacha bo‘lmog‘i kerak.
Roppa-rosa bir haftadan so‘ng g‘oliblarni aniqlaymiz. Bitta men tanlagan va bitta eng ko‘p “like” yiqqan ishtirokchiga “Jajji akademik” jurnali uchun 2016 yil oxirigacha obuna taqdim etiladi. G‘oliblarni “Akademnashr” nashriyotining ajoyib kitoblari ham kutmoqda. Tanlov jarayonini #jajjiakademik xeshtegi orqali kuzatib borish mumkin.
“Jajji akademik” – farzandlarimiz uchun ulkan muvaffaqiyatlar yo‘lidagi eng yaxshi hamroh bo‘lmoqchi. Qani, bolajonlarimizni eng yaxshi do‘st bilan tanishtirishni boshladik unda.