“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovi

Diqqat, bolajonlar uchun ajoyib tanlov!
“Jajji akademik” jurnali yurtimiz bo‘ylab iqtidorli bolalarni izlash va topishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“Eng yaxshi ixtirochi” nomi ostida Xushnudbek Xudayberdiyev bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan tanlovimiz sharti juda oddiy.
1. Avvalo jurnal sahifasiga (https://www.facebook.com/Jajjiakademikbolalarjurnali/) obuna bo‘lasiz.
2. So‘ngra farzandingiz yasagan biror foydali buyum yoki predmetni suratga tushirib, sharhi bilan Xushnudbek Xudayberdiyevning Facebook sahifasidagi post ostida qoldiring.
3. Unutmang, yosh «ixtirochi»lar 14 yoshgacha bo‘lmog‘i kerak.
Roppa-rosa bir haftadan so‘ng g‘oliblarni aniqlaymiz. G‘olib bo‘lgan ikki nafar ishtirokchiga “Jajji akademik” jurnali uchun 2016 yil oxirigacha obuna taqdim etiladi.
Bunda bir nafar g‘olibni Xushnudbek Xudayberdiyev tanlaydi, ikkinchi g‘olib esa eng ko‘p “like” yiqqan ishtirokchi bo‘ladi.
G‘oliblarni “Akademnashr” nashriyotining ajoyib kitoblari ham kutmoqda.
“Jajji akademik” – o‘z o‘quvchilari uchun ulkan muvaffaqiyatlar yo‘lida eng yaxshi hamroh bo‘lmoqchi! Qani, bolajonlarimizni eng yaxshi do‘st bilan tanishtirishni boshladikmi unda?
Agar imkoni bo‘lsa,
1. ushbu postni Share qilsangiz;
2. kommentlardagi izohga #jajjiakademik xeshtegini ham qo‘shib qo‘ysangiz.
Rahmat!