“Akademik bolaman” tanlovi

 

Jurnalimiz facebook.com ijtimoiy tarmog‘ida “Akademik bolaman” deb nomlangan davomiy tanlovlarni boshladi. Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi bo‘lgan mashhur yurtdoshlarimiz ham bu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shishni niyat qilishgan. G‘oliblar “Jajji akademik” jurnali uchun 2016-yil oxirigacha obuna hamda “Akademnashr” nashriyoti kitoblariga ega bo‘lishlari mumkin.

Tanlov yo‘nalishlari:

“Eng yaxshi fotosurat”

tanlov_fotosurat (2)
“Eng yaxshi ijodkor”

tanlov_yozuvchi_oxirgi
“Eng yaxshi insho”

tanlov_insho (2)

“Eng yaxshi ixtirochi”

tanlov_ixtirochi

“Jurnal uchun eng yaxshi taklif”

“Bir hafta davomida yig‘ilgan eng ko‘p “a’lo” baho”

“Mening qahramonim”

“Eng yaxshi chizilgan surat”

Tanlovni “Jajji akademik” jurnali hamda mashhur yurtdoshlarimizning Facebook tarmog‘idagi sahifalarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Ishtirokchilardan jurnal sahifasini yoqtirish hamda qiziqarli shartlarini bajarish talab etiladi, xolos.
Tanlov jarayonini #jajjiakademik xeshtegi orqali ham kuzatib borish mumkin.