Jajji musavvir

Toshkent shahridagi 166-maktabning 5-sinf o’quvchisi Komila Shamsuddinova o’z ijodiy ishlari bilan «Akademik bolaman» tanlovida ishtirok etmoqda.

photo_1
NASTARIN KAYFIYAT
photo_2
TANNOSXON
photo_4
PUANTILIZM
photo_3
BAHORIY VITRAJ

“Jajji akademik” jurnali internet tarmog‘ida “Akademik bolaman” deb nomlangan davomiy tanlovlarni boshlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi bo‘lgan mashhur yurtdoshlarimiz ham bu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shishni niyat qilishgan. G‘oliblar “Jajji akademik” jurnali uchun 2016 yil oxirigacha obuna hamda “Akademnashr” nashriyoti kitoblariga ega bo‘lishlari mumkin.
Tanlov “Eng yaxshi fotosurat”, “Eng yaxshi ijodkor”, “Eng yaxshi ixtirochi”, “Eng yaxshi chizilgan surat”, “Eng yaxshi insho”, “Jurnal uchun eng yaxshi taklif”, “Bir hafta davomida yig‘ilgan eng ko‘p “a’lo” baho”, “Mening qahramonim” kabi ko‘plab yo‘nalishlarda “Jajji akademik” jurnali hamda mashhur yurtdoshlarimizning Facebook tarmog‘idagi sahifalarida o‘tkaziladi. Ishtirokchilardan jurnal sahifasini yoqtirish hamda qiziqarli shartlarni bajarish talab etiladi, xolos. Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tmaganlar esa tanlov uchun ishlarini jajji-a@mail.ru pochtasiga yuborishlari mumkin.