Muzqaymoq qanday tayyorlanadi?

Yorqin qadoqlardagi turli xil mazali muzqaymoqlar qanday tayyorlanadi? Bu savolga javob topish uchun “Jajji akademik” do‘stlari bilan muzqaymoq fabrikasiga yo‘l oldi. Zamonaviy uskunalar yordamida tayyorlanayotgan muzqaymoqlarni ko‘rgan bolajonlar shu yerdagi ishchilarga havas qilishdi. Ish degani mana shunday bo‘lsa-da… Ishga ketayapman deb, har kuni muzqaymoqlar tayyorlaydigan sehrli olamga kelsang…

Ekskursiya so‘ngida ko‘z o‘ngilarida tayyorlangan muzqaymoqlarni tatib ko‘rgan jajji akademiklardan biri kelajakda qancha ko‘p yesa ham, tomoqni og‘ritmaydigan turli mazali muzqaymoqlar ixtiro qiladigan olim bo‘lishni, boshqasi esa dunyoga dong‘i ketgan muzqaymoq fabrikasi direktori bo‘lishni orzu qila boshladi.

3