1-son

“Jajji akademik” jurnalining 1-sonida o‘qishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli va foydali maqolalar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz. Umid qilamizki, jurnalimizning nishona soni sizlarda iliq taassurot qoldiradi.

– Xudoyberdi To‘xtaboev intellektual individni to‘g‘ri tarbiyalash ahamiyati haqida so‘zlaydi.
– Hasadchilar buyuk masalchi I.A.Krilov talqinida.
– Quyoshning uzoqlik masofasi sayyoradagi havo haroratiga qanday ta’sir o‘tkazishini oddiy tajriba yordamida bilib oling.
– Sayyorami, sayohatchimi yoki planetami?
– “Bemorlarni bir zumda davolaydigan uskuna yaratmoqchiman”, – deydi 4-sinf o‘quvchisi…
– 20 kilogrammli “dinozavrcha” bilan tanishing.
– To‘tilarni qanday parvarishlash lozim?
– Ona tilini yaxshi bilmagan bola yana qaysi fanlarni o‘zlashtira olmaydi?
– Yoshligini nabirasiga bergan buvi haqida.
– Uzoq umr ko‘rishga sabab bo‘luvchi odob haqida o‘qing.
– Fath qilingan shahar aholisiga tilla tarqatgan sarkarda bobomizni taniysizmi?
– Qarindoshchilik daraxtini yaqinlaringiz surati bilan to‘ldiring va xonangizga osib qo‘ying.
– Vujudimiz “motor”i haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing.
– Matematika akademiyasida kimni sud qilishmoqchi?
– “Sehrli qalpoqcha”siz ham a’lochi “Hoshimjon” bilan yaqindan tanishish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
– Eng odobli qizni taniysizmi?
– Ingliz tilidagi tovush va harflarning farqi haqida.
– Rus tilidagi jiddiy va quvnoq unlilar bilan tanishing.
– Londonlik o‘quvchi o‘z maktabi haqida so‘zlab beradi.
– O‘z qo‘llarimiz bilan antiqa telefonjild yasaymiz.
– Uyali telefon haqida zamonaviy ertak.
– Birgalikda shirinlik fabrikasiga sayohat qilamiz.
– O‘zbekistondagi ilk poezdlar haqida qiziqarli ma’lumotlar.
– “Kichkina shahzoda”ning kattalar to‘g‘risidagi fikrlari bilan tanishish hammamiz uchun ham qiziq bo‘ladi.