3-son

Quyida “Jajji akademik” jurnalining 3-sonida o‘qishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli va foydali maqolalar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz. Kengroq sharhni esa, keyinroq, jurnalni bir o‘tirishda qiziqish bilan to‘liq o‘qib chiqqan farzandingizdan so‘rab olarsiz…Quyida “Jajji akademik” jurnalining 3-soninida o‘qishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli va foydali maqolalar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz. Kengroq sharhni esa, keyinroq, jurnalni bir o‘tirishda qiziqish bilan to‘liq o‘qib chiqqan farzandingizdan so‘rab olarsiz…
– 11 yil yashab, 2279 ta shaxsiy ijod namunasi qoldirgan g‘aroyib rassom qizaloq haqida bilib oling.
– Bo‘rining hayoti doimo xatarlarga to‘la ekaniga kim aybdor?
– Oddiy likop va sharcha bilan o‘tkazilgan tajriba orqali Oyning o‘z orbitasi bo‘ylab harakatini tushunib olasiz.
– Sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshlari haqida “Mening galaktikam” sahifasida o‘qing.
– Bola yozuvchi bo‘lsa, qanday yozgan bo‘lardi?
– 90 sm.li dinozavr haqida eshitganmisiz?
– Uyda mushuk parvarishlash qoidalari bilan tanishtiramiz.
– O‘qituvchi Fazilat Rafieva bilan ona tilidan bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
– Anvar Obidjondan uchqur va chaqqon toshbaqa haqida.
– Bolalar nima uchun kenja botirga havas qilishadi?
– Ota-onani hurmat qilish to‘g‘risida Xadichaning bobosidan o‘gitlar.
– Kutilmaganda noxush vaziyatga tushib qolgan bolalar nima qilishlari kerak?
– Ko‘zimizdagi 107 millionta xujayra…
– Matematika akademiyasida “ikkichi” Hoshimjonni hali ham sud qilishmoqda…
– Onalar surati qanday chizilishi haqida xalqaro tanlovlar g‘olibi, yosh rassom Amina Norova so‘zlaydi.
– Husayn Boyqaro nazdida “Asr nodiri, musavvirlar peshvosi” kim edi?
– Ingliz va rus tilidan navbatdagi darslarga tayyormisiz, aziz o‘quvchilar?
– Dam olish kunida ham turli to‘garaklarga boradigan turkiyalik o‘quvchilar haqidagi qiziqarli sahifa sizni kutmoqda.
– Konfetlardan ham guldasta yasash mumkinligini 5-sinf o‘quvchisi Kamila Shamsutdinova ko‘rsatib beradi.
– Gapiradigan televizor haqida zamonaviy ertak.
– Samolyotlar qanday uchadi?
– Koptokdan boshlangan ixtiro haqida bilasizmi?
– Bilimlar xazinasi – bolalar kutubxonasiga birgalikda sayohat uyushtiram