5-son

“Jajji akademik” jurnalining 5-sonida quyidagi qiziqarli va foydali maqolalarni o‘qib chiqishingiz mumkin. Jurnalimiz sabab bilimingiz, dunyo haqdagi taassurotlaringiz yanada boyishiga kafolat beramiz.
— 8 yoshidan beri tabiiy mahsulotlar yetishtirish muammosi bilan shug‘ullanayotgan yosh fermer bilan tanishing.
— Hasis odamning nega biri ikki bo‘lmaydi?
— Nima uchun issiq mintaqalarda yashovchi insonlarning terisi qora, sovuqroq mintaqalarda yashovchi insonlarning terisi oq bo‘ladi?
— Osmondagi ulkan ko‘z haqida «Mening galaktikam» ruknidan bilib olasiz.
— Beg‘ubor bolajonlarimiz yaxshilik qilmoqchi bo‘lsalar…
— Hayoti davomida tug‘ilgan holatiga nisbatan 20 barobar kattalashgan dinozavrlar.
— Xonangizda tabiat parchasi bo‘lishini istasangiz «Jonli burchak» sahifasini o‘qing.
— O‘qituvchi Fazilat Rafieva bilan ona tilidan bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
— Bolalar shoirlari Po‘lat MO‘MIN hamda Quddus MUHAMMADIY she’rlarini birgalashib yod olamiz, shodlanamiz.
— Oramizda ham Alpomishlar bor.
— Bu sonda Xadichaning bobosi nevarasiga salomlashish odobini o‘rgatadi.
— Har kuni iste’mol qiladigan mahsulotlarimiz tarkibida qanday vitamin va minerallar borligini bilasizmi?
— Boshlig‘imiz bosh miya!
— Aqlni charxlaydigan, zehnni kuchaytiradigan va mantiqiy fikrlashga o‘rgatadigan turli qiziqarli topshiriq hamda masalalar.
— Matematika kimning do‘sti?
— Alisher Navoiy yomon ko‘rgan inson.
— Ingliz va rus tilidan navbatdagi qiziqarli mashqlar.
— AQSH maktablari: erkinlik va tanlov imkoniyati.
— Birgalashib yengil qayiqcha yasaymiz.
— Avtobuslarning tilini tushunadigan qizcha.
— Kundalik hayotimizda har tomonlama foyda keltiruvchi sovun qanday tayyorlanadi?
— Atigi ikki qarich balandlikka ko‘tarila olgan ilk vertolyot.
— Nega kitob o‘qish kerak?