Xonamizda tabiatning parchasi

Men Laylo Rahmatullayevaman. Poytaxtimizdagi 71-maktabning 4-sinfida o‘qiyman. Gullar parvarishi – jon-u dilim. Onamning aytishicha, xonaki gullar inson sog‘lig‘i uchun foydali ekan. Chunki ular havoni zararli moddalardan tozalaydi.

Sizlarga gullar parvarishi haqida bilganlarimni so‘zlab beraman.

Xonaki gullarni ko‘paytirish uchun bizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
• Bir muddat suvda turib, ildiz chiqar¬gan yoki boshqa tuvakdan ildizi bilan ko‘chirilgan gul;
• gultuvak;
• mayda tosh va qumli shag‘al;
• o‘g‘itlangan tuproq;
• suv;
• kurakcha;
• rezina qo‘lqop.

1.Qo‘limizga qo‘lqop kiyamiz. Gultuvak tagiga 4 sm balandlikda mayda toshlarni solamiz. Bu toshchalar gulga quyil¬gan suvni me’yorlashtirib turadi.
2.Endi tuvak ichiga maxsus o‘g‘itlangan tuproq solib, o‘rtasidan ko‘chiriladigan gul ildizi uchun chuqurcha ochamiz.
3.Gul ko‘chati ustidan ozroq suv solib, ildizini to‘liq yopadigan qilib tuproq tortamiz.
4.Tuproqni qo‘limiz bilan tekislab, us¬tidan yana ozroq suv quyamiz. Endi gulni xonadagi yorug‘ joy¬ga qo‘yamiz. Ko‘chir¬gan gul ko‘chatingiz so‘lib qolgandek ko‘rinsa ham, cho‘chi¬mang. Tez orada u yangi sharoitga ko‘ni¬kib, yana gurkirab o‘sa boshlaydi.

IMG_9039

Eslatma!
Gulga quyiladigan suvning ortiqchasi oqib ketishi uchun tuvak tagida teshikcha bo‘ladi. Gullarni sug‘organda tokcha ho‘l bo‘lib qolmasin desangiz, tuvak tagiga likop qo‘ying.