Respublikamizdagi yagona xokkey jamoasi

Bugun “Jajji akademik” jurnali jamoasi “Next ko‘ngilochar savdo markazidagi muz maydon – “Ice Rink”da mehmon bo‘ldi. Biz bu yerda Respublikamizda yagona bo‘lgan xokkey jamoasining jajji sportchilari bilan uchrashdik. 2013 yilda tashkil etilgan xokkey klubi qisqa muddat ichida turli xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritgani tahsinga loyiq. Ajab emas, biz jurnalimiz uchun qahramon qilib olgan sportchi bolajonlarning ichidan kelajakda jahon chempionlari yetishib chiqsa.

IMG_2237 IMG_2273