“ENG YAXSHI FOTOSURAT” YO‘NALISHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Ajoyib va rang-barang suratlarni bizga jo‘natib, “Mening ham suratim g‘olib bo‘larmikan?” deya tanlov natijasini kutib o‘tirgan ishtirokchilar-u ota-onalar!

Mashhur xonanda Shahzoda bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Akademik bolaman” tanlovining “Eng yaxshi fotosurat” yo‘nalishi g‘oliblari ham, va nihoyat, aniqlandi. Tahririyatimizga kelgan ko‘plab fotosuratlar o‘quvchilarning jurnalimizga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini ko‘rsatib turibdi. Bizningcha, oxirgi bosqich uchun saralab olingan ishtirokchilarning har biri g‘olib bo‘lishga haqli edi.

“Marvarid” bolalar guruhi a’zosi Xadicha Abduqahhorova ajoyib libosda tushgan surati va qiziqarli sharhi uchun Shahzoda tomonidan g‘olib deb topildi.

12_Xadicha-Abduqahhorova

Xadicha Abduqahhorova:

“Jajji akademik” jurnali jajji akademik qo‘lida!”

Toshkent shahridagi 134-maktab o‘quvchisi Maryamxon Hamzabekova esa jurnalga bo‘lgan qiziqishini ifodalay olgan surati hamda “Ertamiz egalari” ko‘rsatuvidagi ajoyib ishtiroki uchun “Jajji akademik” jurnali tahririyati tomonidan g‘olib deb topildi.4_Maryamxon-Hamzabekova

Maryamxon Hamzabekova:

“Men ko‘plab chet tillarini o‘rganishni xohlayman. Hozir “Jajji akademik” bilan xalqaro til hisoblanadigan ingliz va rus tillarini o‘rganyapman. “Xadicha va bobosi” sahifasini esa hamma o‘rtoqlarimga tavsiya qilaman”.

G‘oliblar 2016-yil oxirigacha “Jajji akademik” jurnali obunasiga ega bo‘lishadi. Hamkorimiz “Akademnashr” nashriyoti ham ishtirokchilarga rang-barang va qiziqarli kitoblarini taqdim etadi.

Tanlov natijasiga befarq bo‘lmagan barcha quyida “Eng yaxshi fotosurat” yo‘nalishi so‘nggi bosqichi uchun saralab olingan hamda tanlovdan tashqari yuborilgan ajoyib suratlarni kuzatishi mumkin.

Aziz ota-onalar! Farzandlaringizni “Jajji akademik” bilan do‘stlashtirishda davom eting. Balki navbatdagi tanlovlarimizning g‘olibi aynan siz bo‘larsiz.

1_41-maktab_Mahmud_Akbar_MirazimToshkent shahridagi 41-maktab o‘quvchilari Mahmud, Akbar va Mirazim:

“Biz “Jajji akademik” jurnalining hamma sonini birgalikda sotib olamiz va birgalikda o‘qib chiqamiz”.

2_Abduvosiqov-Iskandar-va-Ziroatxon

Iskandar Abduvosiqov va Ziroatxon Turg‘unbekova:

“Jajji akademik”ni yalashmasdan o‘qiymiz, qiziq topshiriqlarni esa birgalashib yechamiz”.

3_Amina-XojimatovaAmina Xojimatova:

“Akam shu jurnalni o‘qib olim bo‘lmoqchi ekan-da”.

5_Lera-Kim

Lera Kim:

“Oyijon, “Jajji akademik” konfetli guldasta yasashni ham o‘rgatar ekan. Menga ham ko‘pgina konfet olib bersangiz, shunaqa ajoyib guldasta yasarmidim…”

6_Madinaxon-Rahmatullayeva

Madinaxon Rahmatullayeva:

“Bu jurnaldagi ko‘plab maqolalardan “Bolalar sayyorasi” ko‘rsatuvida ham foydalansam bo‘lar ekan”.

7_Mansurxojavev-Burxonxoja-va-Inogomxojayev-Xojiakbar

Burxonxo‘ja Mansurxo‘jayev va Xojiakbar Inog‘omxojayev:

“Ikkovimiz hunarmandchilik sohasining “akademigi” bo‘lmoqchimiz”.

8_Muslima-Haydarova

Muslima Haydarova:

“Jajji akademik” jurnalini o‘qib “katta akademik” bo‘lmoqchiman”.

9_Samir-Asanbayev

Samir Asanbayev:

“Jurnalning “Jajji jamg‘arma” ruknidagi maslahatlarga amal qilib borsam, shunaqa mashina sotib olishim mumkin ekan”.

10_Shahzoda-Azamova

Shahzoda A’zamova:

“Dubaydagi xalqaro “Winchester” maktabimiz haqidagi maqola boshqa yurtlardan kelgan do‘stlarimga ham yoqdi”.

11_Sirojiddin-Faxriddin-ogli

Sirojiddin Faxriddin o‘g‘li:

“Jurnal muqovasida chiqish uchun yana ko‘plab xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lishga harakat qilaman”.

13_Ziroatxon-Turgunbekova

Turg‘unbekova Ziroatxon:

“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Ziroatxon degan odobli bir qizcha bor ekan. Ajoyib kunlarning birida uning yo‘li uchga bo‘linibdi. Har bir yo‘lning boshida antiqa yozuv turganmish. Bittasida “Bolalar ko‘ngilochar maskani”, ikkinchisida “Shirinliklar dunyosi”, uchinchisida “Akademik bolaman” tanlovi” deb yozib qo‘yilgan ekan. Ziroatxon hech ham ikkilanmay uchinchi yo‘lni tanlabdi. Bir payt yo‘lidan “Jajji akademik” jurnali chiqib qolibdi. U jurnallarni qiziqib o‘qishga tushib ketibdi. Va nihoyat, olima bo‘lish orzusining ushalishiga yordam beradigan jurnalni topganidan Ziroatxonning qalbi quvonchga to‘libdi…”

 

Tanlovdan tashqari yuborilgan fotosuratlar ham ajoyib ekan:

a1_Xudoyberdi-Toxtaboyev

Xudoyberdi To‘xtaboyev:

“Bu jurnal Respublikamizdagi har bir xonadonga kirib borishi kerak!”

a2_Lola-Eltoyeva

Lola Eltoyeva:

“Hamma maqtayotgan jurnal shu ekan-da…”

a3_200-maktab

Toshkent shahridagi 200-maktab o‘quvchilari:

“Biz – buyuk allomalar avlodi ekanimizni aslo unutmaymiz!”

a4_Xadiyja-Xurshidbek-qizi2

Xadiyja Xurshidbek qizi:

“Jurnalimni tortqilama, shamolvoy, baribir uni senga bermayman”.