7-son

«Jajji akademik» jurnalining navbatdagi 7-soni ham nashrdan chiqdi! Jurnalimizda o‘qishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli va foydali maqolalar bilan qisqacha tanishing:
— Hayotimizni qulay va qiziqarli qiladigan hamma narsa ham kattalar tomonidan yaratilmasligini ixtirochi bolalar isbotlashdi.
— Tajribaxonada yerning sun’iy yo’ldoshini qanday kuch orbitada ushlab turishini bilib olasiz.
— Yulduzlar nega miltiraydi?
— Ota-onasi o‘rnida bo‘lib qolgan jajji akademiklar.
— 208 million yil ilgari yer yuzida kezib yurgan Allozavrlar.
— Eng vafodor jonivor.
— O‘qituvchi Fazilat Rafieva bilan ona tilidan bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
— Konfet bilan qand kimning farzandi?
— Shum bola – yaxshi bolami?
— Xadicha bilan birga bobosidan kiyinish odobini o‘rganamiz.
— Dunyoning mashhur kutubxonalariga sayohat.
— Aql charxida qiziqarli masalalar.
— Kitoblar qanday chop etiladi?
— Rossiyalik telejurnalist Andrey Malaxov izlagan o‘zbekistonlik to‘rt yashar yulduzcha.
— Beruniyni o‘qigan Kolumb.
— Ingliz va rus tilidan navbatdagi qiziqarli mashqlar.
— Afrikalik xorijdagi tengdoshim.
— Gultuvaklarni bezaymiz.
— Xafachoq qanday bolalarning ichida yashaydi?
— «Tanamizni o‘rganamiz» sahifasida tanamizga nima uchun qon kerakligini bilib olamiz.
— Uni birinchi marta ko‘rganlar: “Bu sehrgarlik bo‘lsa kerak”, – deya lol qolishgan.
— Bir zumda ajoyib shoir, mohir rassom, sohir bastakor bo‘lish mumkinmi?