G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

“Akademik bolaman” tanlovining “Eng yaxshi ijodkor” hamda “Eng yaxshi fotosurat” yo‘nalishi g‘oliblari taqdirlandi. G‘oliblar 2016-yil oxirigacha “Jajji akademik” jurnali obunasiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, hamkorimiz “Akademnashr” nashriyoti tomonidan taqdim etilgan rang-barang va qiziqarli kitoblarni ham qo’lga kiritishdi.

Rajab-q

Toshkent shahridagi 26-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Barnoxon Rajabova “Yurtning yulduzlarimiz” she’ri uchun

shoira

 Toshkent shahridagi 195-maktab 3-sinf o‘quvchisi Nishonova Farangiz Usmon qizi “Momoqaymoq” she’ri uchun

Maryam

Toshkent shahridagi 134-maktab o‘quvchisi Maryamxon Hamzabekova jurnalga bo‘lgan qiziqishini ifodalay olgan surati hamda “Ertamiz egalari” ko‘rsatuvidagi ajoyib ishtiroki uchun

akademik

“Marvarid” bolalar guruhi a’zosi Xadicha Abduqahhorova ajoyib libosda tushgan surati va qiziqarli sharhi uchun