8-son

Diqqat, jajji akademiklar uchun «Jajji akademik» jurnalining navbatdagi 8-soni nashrdan chiqdi! Jurnalimizda o‘qishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli va foydali maqolalar bilan qisqacha tanishing:
— Nobel mukofotiga 4 marta nomzodi qo‘yilgan g‘aroyib bola.
— Tajribaxonamizda nima uchun koinotda qorong‘ilik hukmronligini aniqlaymiz.
— “Mening galaktikam”da koinotni o‘rganamiz.
— Jajji akademiklar qanday kitob o‘qiydilar?
— Bir haftada bir necha tonna o‘t yeydigan “adashtiruvchi kaltakesak”.
— Chumolilar saltanati.
— O‘qituvchi Fazilat Rafieva bilan ona tilidan bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
— Og‘irligi yuz tonnadan oshiq bo‘lgan bahaybat “po‘lat qush”ni uchirishni orzu qilgan bolakay.
— Xadichaning bobosidan nima uchun ozodalikka e’tibor berishimiz kerakligini bilib olamiz.
— Dunyodagi ichimlik suvini tejashga hissa qo‘shamiz.
— G‘aroyib taqsimot.
— Yulduzi yorqin bobom.
— Badiiy gimnastikaning jajji chempioni.
— Mashhurlarning kun tartibi.
— Ingliz va rus tilidan navbatdagi qiziqarli mashqlar.
— Bo‘sh vaqti yo‘q koreyalik tengdoshim.
— “O‘zim yasayman” sahifasida mayda munchoqlardan beozor o‘rgimchak yasaymiz.
— Chalavoylar yurti.
— Tanangizdagi tayanch nuqtani bilasizmi?
— Eng aqlli yordamchi.
— Rimlik sehrgar.