«Jajji akademik» «Kitob bayrami»da!

Shu yilning 26 – 28-may kunlari Toshkent shahridagi G‘afur G‘ulom nomli madaniyat va istirohat bog‘ida “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda ilk bora “Jajji akademik” jurnali ham ishtirok etadi.
Kitobxonlik bayramiga bilimdon bo‘ladigan barcha bolalar hamda farzandi kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalarni taklif qilamiz!