10-son

Farzandingizning tatili qiziqarli va foydali o‘tishini istaysizmi? Unda ilmiy-intellektual, rangli-bezakli jurnal – “Jajji akademik”ni sotib oling! Jurnalimizning 10-soni matbuot do‘konlarida sizni kutmoqda.

Quyida “Jajji akademik”ning 10-sonida o‘qishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli maqolalar bilan qisqacha tanishtirib o‘tamiz:

– 5 yoshida 500 ta kitob o‘qigan g‘aroyib bolakay;

– Donishmand Ezopdan ibratli masal;

– Soch tolasi yordamida havo namligini o‘lchasa bo‘ladimi?

– Nima uchun Merkuriy sayyorasidagi bir sutka Yerdagi 176 kunga to‘g‘ri keladi?

– Dunyoning turli nuqtalarida yashaydigan tengdoshlaringiz bolalarni himoya qilish tushunchasi va kattalardan nima kutishlari haqida “Jajji akademik”ka so‘zlab berishdi.

– Toshkentda ham dinozavrlar yashaganmi?

– Yetti xazinaning biri haqida qashqadaryolik bolakay so‘zlaydi;

– Ona tili fanidan bilimlarimizni mustahkamlaymiz;

– Mashhur bolalar shoiri Po‘lat Mo‘min va Qambar Ota she’rlarini yod olamiz – shodlanamiz;

– Odobli bola uyqudan turib nimalar qilishi kerakligi haqida Xadicha bilan birga bilib olasiz;

– Ustozlarning ustozi;

– Yo‘l qoidasi – umr foydasi;

– Qiziqarli mantiqiy savollarga javob topa olasizmi?

– Eng arzon dorini tavsiya qilamiz!

– “Bir yoshli shogirdim bor…” – deydi 11 yoshli bolakay…

– “Temirqanot qushlar” qanday yaratiladi?

– Ingliz va rus tili fanlaridan navbatdagi darslar;

– Germaniyalik tengdoshingiz o‘qishi va hayot tarzi haqida so‘zlab beradi;

– Qo‘lbola ratsiya yasab ko‘ramiz;

– Polvonjon bilan dev haqida zamonaviy ertak;

– Tish pastasi ishlab chiqaradigan zavodga ekskursiya uyushtiramiz;

– Qo‘lingizdagi telefon tarixini bilasizmi?

– Bolalar va kattalar birdek sevib o‘qiydigan ertak.