Agarda men fazogir bo‘lsam…

Eslaysizmi, bolalikda osmonga qarab yulduz sanash eng sevimli mashg‘ulotimiz edi. Bugun esa farzandimizning yulduzlarga hayrat bilan boqishini ko‘rib o‘sha olis bolalikka qaytganday bo‘lamiz. Qaydam, balki ular ham huddi bizday fazogir bo‘lishni, sirli yulduzlarga uchib, o‘zga sayyoraliklar bilan qo‘l berib ko‘rishishni orzu qilishar. “Jajji akademik” jurnali farzandingizning bu orzularini e’lon qilishga mushtoq. Demak, jurnal tahririyati “Agarda men…” sahifasiga “Fazogir bo‘laman” degan bolalarni taklif qiladi.