Inson terisi rangi

Tajribadan maqsad
Quyosh nurlarining teri rangiga ta’sirini o‘rganish.

Tajriba uchun kerakli narsa
Yaraga yopishtiriladigan plastir.

Tajriba jarayoni
1. Biror barmog‘ingizni plastir bilan yaxshilab o‘rang.
2. Plastir kun davomida barmog‘ingizda tursin.
3. Bir kundan so‘ng plastirni yechib oling va barmog‘ingizning o‘rab qo‘yilgan joyi hamda o‘ralmagan joyi ranglarini solishtiring.

Tajriba natijasi
Barmoqning plastir tagida bo‘lgan qismi oqarib qolganini ko‘rish mumkin.

Nima uchun shunday bo‘ldi?
Inson teri hujayralari tarkibida jigarrang tusdagi melanin deb ataluvchi modda bor. Quyosh nuri yo‘qligida bu modda yorug‘lik yetib kelmayotgan teri qismini tark etadi. Shuning uchun ham yorug‘lik ko‘rmagan teri oqarib qoladi. Quyosh nuri ko‘plab ta’sir qilganida esa bu modda teri xujayralari bo‘ylab yoyiladi va zichlashadi. Natijada teri qoramtir-jigarrang tusga kiradi. Shuning uchun ham, issiq mintaqalarda yashovchi insonlarning terisi qora, sovuqroq mintaqalarda yashovchi insonlarning terisi esa oq bo‘ladi.