Yerosti poyezdlari

Metropoliten deb yo‘lovchi ta­shishga ixtisos­lashgan yerosti (ba’zan yerusti) temiryo‘l tizimiga aytiladi. Metropoliten poyezdlari elektr quvvati yordamida 80 km/soatgacha tezlikda harakatlanadi. Ushbu transport tarmog‘i orqali soatiga 60 ming yo‘lovchi tashish mumkin.

Uzunligi 6 kilometr bo‘lgan dunyodagi ilk metro 1863-yili Londonda ishga tushirilgan. Nyu-York metrosi esa yo‘nalishi va bekatlari soni bo‘yicha dunyodagi eng katta metropolitendir. Unda 468 ta bekat va 24 ta yo‘nalish bor. Temiryo‘l tizimining uzunligi bo‘yicha avvalgi o‘rinlarni Shanxay (548 km) va Pekin (527 km) metropolitenlari egalla­gan. Bir yillik yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha esa Tokio metrosiga yetadigani yo‘q.

O‘rta Osiyodagi ilk metropoliten 1977-yilning no­yabrida vatanimiz poytaxti Toshkentda foydalanishga topshirilgan. Toshkent metropoliteni 3 ta yo‘nalish va 29 ta bekatdan iborat. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 36,2 kilometr. Kuniga 200 mingdan, yiliga esa 68 milliondan ko‘proq yo‘lovchi Toshkent metrosi xizmatidan foydalanadi.

13