ISTIQLOL FARZANDLARI

Mustaqillik yosh avlod vakillari uchun, avvalo, ko‘plab imkoniyatlar deganidir. Tengdoshlaringiz ichida yaratib berilayotgan qulayliklardan to‘g‘ri foydalanib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotganlari juda ko‘p. Bugun ana shunday iqtidorli bolalarning dil so‘zlarini sizlar bilan baham ko‘rishga qaror qildik.

синдоровларAka-uka Javohir va Islombek SINDOROVlar, shaxmat bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionlari:
– Shaxmat o‘yiniga qiziqishni bobom uyg‘otganlar. Jahon chempioni bo‘lgan yurtdoshimiz Rustam Qosimjonovga ham havas qilganmiz. Xalqaro musobaqalarda butun bir mamlakat nomidan qatnashish o‘zgacha his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Muvaffaqiyatlarimiz sabablaridan biri biz uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar deb bilamiz. Maqsadimiz, ulg‘aygach ham, xalqaro musobaqalarda Vatanimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarishdir.

 

мухлиса

Muxlisa ALISHEROVA, Toshkent shahridagi san’at maktabi o‘quvchisi, xalqaro musobaqalar g‘olibasi:
– Mustaqil yurt deganda, avvalo, ko‘z oldimga har qadamda qurilayotgan yangidan yangi binolar keladi. Yildan yilga chiroy ochayotgan yurtimizni ko‘rib, quvonib ketaman. Shu qatori, biz o‘qiyotgan maktab binolari, sharoitlari ham zamonaviy talablarga mos kelmoqda. Shunday sharoitlarda yaxshi o‘qib, ko‘p mashq qilgan har bir tengdoshim muvaffaqiyatga erisha olishiga ishonaman.

 

сагдияна

So‘g‘diyona JO‘RAYEVA, Toshkent shahridagi 17-maktab o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibasi:

– Qozog‘iston va Italiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda
g‘oliblikni qo‘l­ga kiritdim. Buni, avvalo, yoshlarga yaratib berilayot­gan imkoniyat­lar va ustozlarimning mehnatlari samarasi deb bilaman. Fursatdan foydalanib,  Mustaqillik kuni bilan barcha ustozlarim-u tengdoshlarimni tabriklayman.

 

элдор

Eldor NE’MATOV, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani­dagi 1-ixtisoslashtirilgan litsey-internat o‘quvchisi, Tailandda bo‘lib
o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqa sovrindori: – Matematika fanini yaxshi ko‘raman. Bunga ustozlarim sa­bab bo‘lishgan. Hozirgi zamon o‘quvchilaridan faqat o‘qish talab etilmoqda. Buning uchun esa barcha sharoitlar yaratib qo‘yilgan. Tanlagan sohamni mukammal o‘rganib, kelajakda bilimlarimni boshqalarga o‘rgatish orqali yurtimga xizmat qilmoqchiman.

 

иброхим

Ibrohimxo‘ja YUNUSXO‘JAYEV, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 26-maktab o‘quvchisi, rassomchilik bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqa g‘olibi:
– Rasm chizishga qiziqish uyog‘otgan va yutuqlarimga o‘z hissasini qo‘shayotgan ustozim Nigora opa mustaqillik yoshlarga berayotgan imkoniyatlar haqida tez-tez so‘zlab beradilar. Bugungi kunda xalqaro musobaqalarda yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarayotgan tengdoshlarim juda ko‘p. Ular safi yanada kengayaversin!

 

шохбек

Shohbek MAHMUDOV, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 37-maktab o‘quvchisi, Tailandda bo‘lib o‘tgan matematika bo‘yicha xalqaro musobaqa sovrindori:

– Sport va san’at sohasi bilan bir qatorda ilm-fan yo‘nalishida ham xalqaro musobaqalar g‘olibi bo‘layotgan tengdoshlarimni ko‘rib quvonaman. O‘zim ham ulardan biriga aylanganimdan faxrlanaman. Kelajakda matematika yo‘nalishi bo‘yicha dunyo tan olgan olimlardan biri bo‘lib, yurtimga, ota-onamga foyda keltiradigan inson bo‘lish niyatidaman.