Mustaqillik yo‘li

1991
1 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni deb e’lon qilindi.
28 sentyabr – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi.
18 noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
1992
14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari tashkil etildi.
2 mart – O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘ldi.
2 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasdiqlandi.
8 dekabr – O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilindi.
10 dekabr – O‘zbekiston Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Uning matnini Abdulla Oripov yozgan, musiqasini esa Mutal Burxonov bastalagan.
1994
1 iyul – O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi.
– Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi keng nishonlandi.
1996
19-iyul – Andijon viloyatining Asaka shahrida Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil zavodi faoliyat ko‘rsata boshladi.
– “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi va Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
1997
1 oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayram va dam olish kuni sifatida belgilandi.
1998
– Samarqand viloyati Xartang qishlog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi bunyod etildi.
1999
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” kuni belgilandi. Toshkentda Xotira maydoni ochildi.
2001
– Samarqand YUNESKO tomonidan jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
2002
16-yanvar – Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil qilindi.
2007
– Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti Toshkentni Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qildi.
2009
– Toshkent shahrining 2200 yilligi keng nishonlandi.
– Samarqandda “MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
2010
– O‘zbek astronomlari yangi kichik sayyorani kashf qilishdi va unga “Samarqand” nomi berildi.
2011
– Toshkentdagi “GM Powertrain – Uzbekistan” zavodi ishga tushirildi.
2016
– Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ishga tushirildi.
Yil nomlari
1991 – Alisher Navoiy yili
1992 – Hamshiralar yili
1993 – Ahmad Yassaviy yili
1994 – Mirzo Ulug‘bek yili
1995 – Ibn Sino yili
1996 – Amir Temur yili
1997 – Inson manfaatlari yili
1998 – Oila yili
1999 – Ayollar yili
2000 – Sog‘lom avlod yili
2001 – Ona va bola yili
2002 – Qariyalarni qadrlash yili
2003 – Obod mahalla yili
2004 – Mehr-muruvvat yili
2005 – Sihat-salomatlik yili
2006 – Homiylar va shifokorlar yili
2007 – Ijtimoiy himoya yili
2008 – Yoshlar yili
2009 – Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili
2010 – Barkamol avlod yili
2011 – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012 – Mustahkam oila yili
2013 – Obod turmush yili
2014 – Sog‘lom bola yili
2015 – Keksalarni e’zozlash yili
2016 – Sog‘lom ona va bola yili
Mustaqillik.uz sayti ma’lumotlari asosida