OLMOSDAN UYINGIZ BO‘LISHINI XOHLAYSIZMI?

Bolalar uchun qiziqarli maqolalar tayyorlash jarayonida ba’zan o‘zimiz ham hayratdan yoqa ushlab qolamiz. Har kuni bu olam sir-asrorlarini o‘zimiz uchun ham kashf etib boramiz. Mana, “Mening galaktikam” sahifasi uchun ajabtovur ma’lumot: “55 Cancri E” nomli fazoviy jism astronomlar orasida “Olmos sayyora” nomi bilan mashhur ekan. Gap shundaki, yerdan o‘n barobar katta bo‘lgan bu sayyora olmos kristallaridan tashkil topgan. Shunday ekan, olmos yig‘ishni to‘xtating! Fazo ilmini puxta egallasangiz bas. “55 Cancri E” sayyorasini bir aylanib kelgach, olmosdan ko‘p qavatli bino qursangiz ham bo‘laveradi.