Dabldekerda sayohat

Poytaxtimiz judayam chiroyli-ya, ayniqsa, yuqoridan qaraganda? Jajji akademik ikki qavatli ekskursiya avtobusi – dabldekerda Toshkent bo‘ylab sayohatga otlandi. Unga 128-maktab o‘quvchilari Azizbek, Diyorbek, Yulduz, Madina va Sherxonlar hamroh bo‘lishdi. Keling, hammamiz birgalikda «Aznur Travel» sayyohlik kompaniyasining dabldekerida sayohat qilamiz. Bugun vaqtingiz bo‘lmasa, qayg‘urmang. “Jajji akademik”ning navbatdagi sonini sotib olsangiz, o‘zingizni bu g‘aroyib sayohatda ishtirok etganday his qilishingiz aniq.