Astronomiya institutiga sayohat

“O‘zbekistonda ham koinotni o‘rganadigan joylar bormi?” – degan savolga javob topish uchun do‘stlarim bilan birga Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutiga ekskursiya uyushtirdik. Bu institut 1873-yilda tashkil qilingan ekan. U nafaqat O‘zbekistondagi, balki O‘rta Osiyodagi eng birinchi muassasalardan ekan. Bizga olim Chori Sherdonov yo‘lboshchilik qildilar.

Sayohatimizni Astronomiya muzeyidagi antiqa ekponatlarni tomosha qilishdan boshladik. Chori akaning aytishicha, muzeydagi uskunalar judayam noyob hisoblanarkan. Ulardan qadimgi olimlar osmon jismlarini o‘rganishda foydalanishgan ekan. Biz yulduzlarni yaqindan ko‘rsatadigan teleskopga qiziqib qoldik. Shunda

Chori aka: “Bu teleskoplar judayam qadimiy, undan ko‘ra, yuringlar, zamonaviy teleskop bilan yulduzlarni tomosha qilamiz”, – deb qoldilar. Bu gap biz uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

Institutning asosiy teleskopi Samarqandshahri yaqinidagi Maydanak rasadxonasida joylashgan. 2007-yili bu teleskop yordamida yangi sayyora kashf qilingan. Prezidentimiz unga “Samarqand” deb nom qo‘yganlar. Bundan tashqari koinotda “O‘zbekiston”, “Ibn Sino”, “Ulug‘bek”, “Beruniy” va “Xorazmiy” deb nomlangan sayyoralar ham bor ekan.

Muzeydan chiqib unstitutning rasadxonasi tomon yo‘l oldik. Bu yerda judayam katta teleskop bor ekan. Biz turgan joy esa Toshkent shahrining eng baland nuqtasi hisoblanarkan. Dastlab, yo‘lboshchimiz ko‘magida Quyosh va uning yuzasidagi

qora dog‘larni kuzatdik. Keyin bolalarni yaxshi ko‘radigan Chori aka koinotni istaganimizcha tomosha qilishga ruxsat berdilar. Biz navbatma-navbat yulduzlar hamda boshqa osmon jismlarini yaqindan kuzata boshladik.