SEHRLI SOVUN KO‘PIGI

Turli kimyoviy moddalar tarkibi hamda ularning o‘zaro reaksiyaga kirishi­shini kuzatish hammamiz uchun qiziq bo‘lsa kerak. Shunday tajribalardan birini o‘tkazish maqsadida “NEXT” majmuasining “Ilmiy laboratoriya”si xodimlaridan yordam so‘radik. Sahifamizdagi g‘aroyib kimyoviy tajribani o‘rganib, siz ham uni uy sharoitida sinab ko‘rishingiz mumkin. 

Kerak bo‘ladi:

· shisha idish;
· kichikroq kosa;
· suv;
· suyuq sovun;
· vodorod perekisi;
· quruq xamirturush.

Tajriba jarayoni:

1. Suyuq sovun va vodorod perekisini shisha idishga solib aralashtiramiz.
2. Alohida kosaga esa xamirturush va suv solamiz.
3. Tayyor bo‘lgan xamirturushli aralashmani shisha idishga solib, reaksiyani tomosha qilamiz.

Tajriba natijasi:

Shisha idishdan quyuq ko‘pik toshib chiqa boshlaydi.

Nega bunday bo‘ldi?

Xamirturush o‘zidan kislorod ajratib chiqaradi. O‘z navbatida, kislorod vodorod bilan reaksiyaga kirishib, idishdan tashqariga intiladi. Sovun ko‘pigi tufayli esa quyuq massa paydo bo‘ladi va idishdan uzluksiz ko‘pik toshib chiqa boshlaydi.