18-son

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim o‘tgan zamonda emas, o‘zimizning zamonda, O‘zbekiston tomonda bilimdon bo‘ladigan barcha bolajonlarning sevimli do‘sti bo‘lgan ekan. Bo‘lg‘usi olimlaru, akademiklar ushbu qadrdon do‘stlarini, ya’ni “Jajji akademik” jurnalining har bir yangi sonini intiqlik bilan kutishar ekan.
Bu safar “Jajji akademik” jurnali bolajonlarga antiqa sovg‘a tayyorlabdi. Jurnalning 18-sonida bilimlar xazinasiga olib boradigan sirli xarita chop etilibdi. Endi xazina kalitini topa olgan hamma bolajonlar osongina bilimdon bo‘lish sirini bilib oladigan bo‘lishibdi.
Aytishlaricha, bu hali hammasi emasmish… “Jajji akademik” aql-zakovatni charxlaydigan mantiqiy o‘yinlar, boshqotirmalarga qiziquvchi jajji do‘stlari uchun yanada antiqa sovg‘alarni tayyorlab qo‘yganmish…