Diqqat, “Jajji akademik” jurnalining maxsus sonlari!

“Jajji akademik” jurnalining maxsus sonlari yordamida aqlni o‘stiradigan va xotirani mustahkamlaydigan foydali o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ling.
Sahifalardagi suratli o‘yinlar va boshqotirmalarni qunt bilan yechishga harakat qilsangiz, vaqtingizni chog‘ o‘tkazibgina qolmay, zehningizni ham charxlab olasiz. Berilayotgan har bir boshqotirma o‘ziga xos yo‘nalishda: biri hisob-kitobni o‘rgatsa, boshqasi ziyraklik xususiyatini o‘stiradi, biri xotirani mustahkamlasa, yana boshqasi diqqatni jamlashni o‘rgatadi.
Demak, quvnoq va qiziqarli, suratli va mantiqiy boshqotirmalar olamiga xush kelibsiz, aziz bolajonlar!