2-son

Farzandlaringizning ko‘rinmas quvvat haqida bilishini, “Faradey tajribasi”ga guvoh bo‘lishini, maktab o‘quv dasturiga yangi fan kiritish bo‘yicha tengdoshlarining fikri bilan tanishishini, Xalqaro matematika musobaqasi sovrindori bo‘lgan 7-sinf o‘quvchisi haqida o‘qishini, ko‘pqavatli binolar qanday qurilishi to‘g‘risida bilib olishini xohlasangiz, ularga ilmiy-intellektual bolalar nashri – “Jajji akademik” jurnalining 2-sonini sovg‘a qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ushbu sonda ular o‘z tengdoshlarining fikrlari bilan tanishib, ilm-fanni, albatta, yoqtirib qolishadi. Yana, yangi ilmiy-fantastik asar – “Koinotda bir kun”ning 2-qismini ham maroq bilan o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Asosiysi, jurnalni nafaqat farzandlaringiz, balki o‘zingiz ham maroq bilan o‘qib chiqishingizga kafolat beramiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va jurnalni sotib olish masalalari bo‘yicha (0 371) 216-48-62, (+998 90) 125-55-09, (+998 90) 978-75-75 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.