3-son

 

“Jajji akademik” jurnalining yangigina “tandirdan uzilgan” 3-soni mundarijasi haqida bilishga sabringiz chidamayotgani aniq. Sizni uzoq kuttirmaylik unda. Demak, jurnalimizning 3-sonida:

– “Lego” o‘yinchoqlarini faqat o‘ynash mumkin deb o‘ylaydiganlar 12 yoshida “Intel Corp.” mablag‘lari asosida o‘z kompaniyasiga asos solgan Shubham Banerji haqida o‘qishadi;
– o‘zimizning Umar Toshqulov esa ko‘rinmas siyohda yozish sirlari haqida uy sharoitida tajriba o‘tkazadi;
– tasavvuri kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun koinotning cheksiz sarhadlari haqida ajoyib maqola;
– “Murad Buildings” rahbari Murodxon Nazarovdan jajji tadbirkorlarga ajoyib tavsiyalar;
– tilimizdagi asli arabcha so‘zlarni osongina tanib olish mumkinligi haqida avval bilmagan bo‘lsangiz ham, endi bilib olasiz;
– yurtimizda dunyodagi eng qadimiy ilmiy akademiyalardan biri borligi haqida-chi, bilarmidingiz?
– ona tilimizni nega yaxshi ko‘rishimiz kerakligi haqida esa maktab o‘quvchisi Sumayya so‘zlab beradi;
– Germaniyadagi minglab akademiklar shahriga birgalikda sayohat qilamiz;
– kitob o‘qimaslik kasali va uni davolash usullari bilan tanishasiz.
Ko‘rib turganingizdek, jurnalimiz bunday maqolalar bilan nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham qiziqtirib qo‘yishi aniq.