5-son

“Jajji akademik” jurnalining ba’zi sonlarini qiziqarli va aqlni charxlovchi o‘yinlardan iborat maxsus son tarzida chiqarilganidan xabardorsiz, albatta. Ushbu maxsus sonlar bolajonlarga biz kutganimizdan ham ko‘ra ko‘proq ma’qul kelibdi. Buni tahririyatimizga qilingan qo‘ng‘iroqlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga yo‘llangan fikrlardan bilib olish mumkin edi.
Shuning uchun kichik yoshdagi o‘quvchilarimizni yana bir foydali va qiziqarli maxsus son bilan xursand qilishni niyat qildik.
Maxsus son sahifalari siz uchun xazinaning o‘zi. Aqlni charxlovchi va tafakkurni o‘stiruvchi o‘yinlar deysizmi, tez aytish-u maqollar deysizmi, uy sharoitida qilishingiz mumkin bo‘lgan qiziqarli tajribalar deysizmi, hammasini birgina mana shu sonning o‘zidan topishingiz mumkin.