10-son

BOLALIGIMDA bolalar jurnallari va bolalar ko‘rsatuvlarida chiqqan bolachalarni ko‘rib havas qilardim. Kim ekan bular, qanday chiqar ekan? Shaharda yashash mazza-da! Qishloq bolalariga hech kim qaramaydi, ular bilan ishi ham bo‘lmaydi, deb o‘ylardim. Vaqtlar o‘tib ona bo‘ldim. Bolaligimdagi orzu ichimda qolgandi, uni bir kun farzandim ro‘yobga chiqarishini istardim. BEGOYIM gruppasi admini Zulfiya Karimova va jurnal rahbari Feruza Nazar tashkillashtirgan «Jajji akademik» jurnali tanlovida meni bir kichik orzuim amalga oshdi. O‘g‘lim «Jajji akademik»ning 10-son muqovasida jurnal yuzi bo‘ldi! Bu o‘g‘limning tug‘ilgan kuniga sovg‘a va esdalik hotira bo‘ldi. Rahmat sizlarga💐💐💐💐💐💐
KICHIK BO‘LSA HAM ORZULAR ARMON BO‘LMASIN. HAR BIR BOLAJON QADRLI!
Nazli Asad