Jajji akademik ismli super qahramon

Jurnalimizda Jajji akademik ismli super qahramon paydo bo‘ldi! Endi o‘quvchilarimiz jurnalning har sonida super qahramonimizning g‘aroyib sarguzashtlarini kuzatib borishlari mumkin. Bu qahramon koinotdagi Bolalar sayyorasida yashaydi.

Jajji akademikning sarguzashtlari komikslar orqali yoritilgani uchun o‘quvchining ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi. Super qahramonimiz nafaqat o‘zbekistonlik, balki Yer sayyorasidagi jamiki bolalarning eng sevimli qahramoniga aylanishni istaydi! Olis sayyoradan kelgan jajji qahramonimizga biz kattalar yordam berishimiz kerak. Qanday qilib deysizmi? Shunchaki Jajji akademik bilan farzandingizni tanishtiring, do‘stlashishiga imkon yarating. Xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing!