«Technovation» tanlovida ishtirok eting!

Jajji akademiklarimiz orasida qiz bolalar talaygina. Quyidagi e’lonimiz aynan ular uchun. Demak, 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar diqqatiga! Atrofingizda ro‘y berayotgan voqealarga nisbatan o‘z fikringizga ega bo‘lsangiz va tanqidiy qarashlaringizni ingliz tilida ifoda eta olsangiz «Technovation» tanlovida ishtirok etish imkonini qo‘ldan boy bermang! Har yili dunyoning 70 dan ziyod davlatlarida o‘tkazilib kelayotgan, O‘zbekiston esa ikkinchi marta ishtirok etayotgan yirik xalqaro texnologik tanlovda o‘z kuchungizni sinab ko‘rishga shoshiling! Ushbu tanlovning maqsadi – qizlarda tadbirkorlik va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, kelajakda mana shu sohalarda unumli faoliyat yuritishlarini ta’minlashdir.

Tanlovda ishtirok etish qoidalari bilan http://technovation.uz/uz sayti orqali batafsil tanishing.

2016-2017 yil mavsumida O‘zbekistonning 3 jamoasi dunyoning 1500 jamoasi orasida jahon yarim finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita oldi. 1 ta jamoamiz San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan final bellashuvlarida ishtirok etdi.

Bu yilgi tanlovda esa zukko qizlarimizga g‘olibalik nasib bo‘lishini tilab qolamiz!