Savol-javob

ENG KO‘P BERILGAN SAVOLLAR 
“Jajji akademik” jurnali necha yoshli bolalarga mo‘ljallangan?
Jurnalimiz 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar uchun mo‘ljallangan. Ammo bundan kattaroq yoshdagilar jurnalni o‘qishi shart emas ekan, deya shoshilinch xulosa chiqarishga shoshilmang! Chunki “Jajji akademik” – qiziqarli va g‘aroyib ilm olamiga sayohat demakdir! Ilmni esa beshikdan to qabrgacha o‘rganilishini bilasiz.
Maktablarda o‘tkaziladigan tadbirlarga «Jajji akademik» jurnali tahririyatini taklif qilsak bo‘ladimi?
Albatta bo‘ladi! Qo‘limizdan kelganicha takliflaringizga ijobiy javob berishga harakat qilamiz. Siz esa biz bilan (+998 71) 216-48-62 raqamlari yoki jajji-a@mail.ru pochta manzili orqali bog‘lanib, avvaldan kelishib olsangiz kifoya. Taklif va aloqa uchun quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham biz bilan bog‘lanish mumkin: www.fb.com/Jajjiakademikbolalarjurnali; www.twitter.com/bolalar_jurnali; www.instagram.com/jajji_akademik; telegram.me/jajjiakademik.
«Jajji akademik» jurnaliga qanday obuna bo‘lish mumkin?
«Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyasining hududiy bo‘limlari orqali (o‘zingiz yashab turgan joydagi pochta bo‘limlari) jurnal nomi yoki obuna indeksidan foydalanib obunani rasmiylashtirish mumkin. «Jajji akademik» jurnali obuna indeksi – 1286. Yoki quyidagi havola orqali «Matbuot tarqatuvchi» AK rasmiy saytiga kirib davriy nashrlarga onlayn tarzda obuna bo‘lish imkoniyati ham mavjud. http://www.akmt.uz/interaktiv-xizmatlar/
Jurnalda chiqishim uchun nima qilishim kerak?
Jurnalimiz, saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lib, muntazam kuzatib tursangiz, sizda biz o‘tkazayotagan turli tanlovlar g‘olibi bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. G‘oliblardan tashqari, faol ishtirokchilar ham sahifalarimiz ishtirokchisiga aylanishlari mumkin.
Jurnalingiz turli ishlab chiqarish korxonalari, muzeylar va madaniy-ma’rifiy markazlarga bolalar ishtirokida ekskursiya-sayohatlar uyushtiradi. Ana shunday ekskursiyalardan birida qatnashish uchun nima qilish kerak?
Jurnalimiz, saytimiz hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni muntazam kuzatib boring. Biz uyushtiriladigan ekskursiyalar haqida avvaldan ma’lumot berib boramiz.
Bolalarga mo‘ljallangan boshqa jurnallaridan “Jajji akademik”ning farqi nimada?
“Jajji akademik” avvalo ilmiy-intellektual yo‘nalishi bilan boshqa jurnallardan ajralib turadi. Qolaversa, jurnal uchun maqolalar tayyorlashda ham, uni dizayn jihatidan bezash hamda chop etishda ham biz soha mutaxassislari va o‘z ishining ustalari xizmatiga tayanamiz.
Siz bilan qanday bog‘lanamiz?
Biz bilan (+998 71) 216-48-62 telefon (faks) raqami, jajji-a@mail.ru pochta manzili yoki quyidagi ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali bog‘lanish mumkin: www.fb.com/Jajjiakademikbolalarjurnali; www.twitter.com/bolalar_jurnali; www.instagram.com/jajji_akademik; telegram.me/jajjiakademik .
«Jajji akademik» jurnalining bir yillik obuna narxi qancha bo‘ladi?
«Jajji akademik» jurnalining 2017 yil uchun bir yillik obuna narxi 30 ming so‘mga belgilandi.
Accordion 10
Accordion pane 2 content goes here.
Accordion 11
Accordion pane 2 content goes here.
Accordion 12
Accordion pane 2 content goes here.
Accordion 13
Accordion pane 2 content goes here.
title
Accordion pane 2 content goes here.
Accordion 15
Accordion pane 2 content goes here.
Bizga jajji-a@mail.ru elektron manzili orqali savol yo‘llashingiz mumkin