Kollej

Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji

Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji 1970 yil Toshkent matbaa texnikumi nomi bilan faoliyat boshlagan. O‘rta maxsus ta'lim markazining 2004 yil 27 yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga asosan, texnikumga «Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji» maqomi berilgan.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 2 fevraldagi farmoniga muvofiq, kollej Noshirlik matbaa sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash kollejiga o‘zgartirildi va O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga tasarrufiga o‘tkazildi.

Ushbu bilim dargohida sohaga oid kitob va elektron darsliklar fondiga ega katta axborot-resurs markazi, kompyuter va o‘quv-amaliyot xonalari, kichik bosmaxonalar, barcha sharoitlarga ega sport zali o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Besh yo‘nalish - «Matbaa ishlab chiqarish texnik-texnologi», «Dasturiy injiniring texnigi», «Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori», «Axborot resurs markazi kutubxonachisi», «Buxgalteriya hisobi va audit» bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi kollejda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo matbaa-noshirlik sohasining tarixi va bugunidan hikoya qiladigan «Matbaa tarixi» muzeyi ham tashkil etilgan.

«O‘zbekiston», «O‘qituvchi», G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi o‘quv muassasasining hamkor tashkilotlari etib belgilangan. Kollej o‘quvchilari olgan nazariy bilimlarini ushbu tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlar bilan yanada mustahkamlash imkoniyatiga egadirlar.

 

Telefon:
(+998) 71-244-64-54
Sayt:
Pochta:
Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Hamid Sulaymonov ko‘chasi, 3 uy