
Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi
Akademik litsey 2005 yilda Chirchiq shahridagi ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy xizmat kasb-hunar kollejida 3 qavatida tashkil etilgan.
2008 yil sentyabr oyidan boshlab Chirchiq shahar Istiqbol 2-A ko‘chasida yangi qurilgan akademik litsey binosiga ko‘chgan.
2012 yil dekabr oyidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi Chirchiq akademik litsey nomi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining 2018 yil 13 yanvardagi 31-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining 2018 yil 17 yanvardagi 01-28-sonli buyrug‘i, Chirchiq shahar hokimining 2018 yil 1 fevraldagi 121-son qarori asosida Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi tashkil etildi.
- Telefon:
-
(+998) 70-716-57-41
- Sayt:
- Pochta:
- chdpial@inbox.uz
- Manzil:
- Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Temir yo‘lchilar ko‘chasi, 128 A-uy