Litsey

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Akademik litsey 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 10 avgust 1999 yildagi 240-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan va unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi nomi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tasarrufiga berilgan. Mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2017 yil 10 noyabrdagi 87-02-3497-sonli xatiga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-uslubiy kengashining 2018 yil 26 apreldagi qarori bilan akademik litsey Ustavi tasdiqlandi. 2018 yil 14 may kuni 2070-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi, taʼlim muassasasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi deb nomlandi.

2020 - 2021 o‘quv yilidan boshlab Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMIning A.M. Gorchakova nomidagi litseyi bilan qo‘shma dastur asosida guruhlar tashkil etilgan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida hozirgi kunda Aniq fanlar (iqtisod) yo‘nalishida o‘quvchilar tahsil olib kelmoqda.

Ushbu yo‘nalishda o‘quvchilar uchun chuqurlashtirilgan fan sifatida quyidagilar o‘qitiladi.

Telefon:
(+998) 71-244-84-19
Sayt:
Pochta:
aluwed@uwed.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 242 uy