Madrasa

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti

Hidoya madrasasi (1991- 2015-yillarda Mulla Qirgʻiz madrasasi) - Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Namangan shahrida joylashgan.

Madrasa 1991-yilda Mulla Qirgʻiz madrasasida qayta tashkil topgan. 1998-yil Namangan shahar hokimining qarori va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi roziligi bilan bilim yurti Atoulloxon toʻra masjidi binosiga koʻchirilgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi va 2015-yil 5-dekabrdagi buyrugʻiga asosan nomi Hidoyaga oʻzgartirilgan. 2016-yilda bilim yurti Namangan shahri Oromgoh dahasining Indira Gandi koʻchasi, 1-uyda joylashgan sobiq „Faxriylar uyi“ binosiga koʻchirilgan.

Telefon:
(+998) 69-226-60-60
Sayt:
hidoya.uz
Pochta:
hidoyanam@umail.uz
Manzil:
Namangan viloyati, Namangan shahri, Indra Gandi ko‘chasi, 1-uy