Madrasa

“Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom taʼlim muassasasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom taʼlim muassasasi tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 2020-2021 o‘quv yilidan boshlagan.

Taʼlim muassasasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim maskani bo‘lib, o‘rta maxsus diniy maʼlumotli islom shariati va hadis ilmlari mutaxassisi, imom-xatiblar tayyorlanadi.

Taʼlim muassasasiga umumiy o‘rta taʼlim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tugatganligi haqida hujjat (diplom)ga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi.

Telefon:
(+998) 55-451-05-96
Sayt:
www.imomtermiziy.uz
Pochta:
info@imomtermiziy.uz
Manzil:
Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shimoliy darvoza, 3-uy, pochta indeksi: 190100