Madrasa

“Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti

Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurti melodiy 1992 yili Andijon viloyatida  “Sayyid Muhyiddin maxdum”  nomli o‘rta maxsus islom  o‘quv muassasasiga asos solindi.

O‘quv muassasasi Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani Jalabek qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, o‘zining ilk faoliyatini hali qurilishi tugallanmagan o‘n sakkiz xonali binoda boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu bino mahalla ahlining saʼy-harakatlari yordamida to‘liq taʼmirlanib ishga tushirildi.

Taʼlim maskanida talabalarni zamonaviy sinfxona hamda zamon talablari asosidagi yotoqxona bilan taʼminlashga ehtiyoj tug‘ilgani bois 1993 yili boshlangan 13 ta o‘quv xona va 13 ta yotoqxona jami 26 xonadan iborat 2 qavatli bino 1996 yili qad rostladi.

2001 yildan uch qavatli zamonaviy va sharqona uslubni o‘zida mujassam qilgan maʼmuriy bino qurilishi boshlanib, 2003 yilga kelib mukammal holatda nihoyasiga yetkazildi.

Ushbu bino ishga tushirilishi sharofati bilan taʼlim dargohi keng va yorug‘ o‘quv xonalariga ega bo‘ldi.

Bino zamonaviy o‘quv – texnika qurollari bilan jihozlangan 20 ga yaqin so‘nggi rusumdagi zamonaviy kompyuterlarga ega bo‘lgan kompyuter xonasi va arab va ingliz tillarini mukammal o‘rgatish uchun lingafon kabinetlariga, turli tadbir va davra suhbatlari o‘tkazish uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xonasiga ega.

Telefon:
(+998) 74-228-00-91
Sayt:
www.maxdum.uz
Pochta:
Manzil:
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani, Jalabek qishlog‘i, G‘.Hakimov ko‘chasi, 7-uy