Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida bo‘lgan quyidagi:

  • Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi;
  • Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Veterinariya mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi;
  • Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center);
  • Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Agrobiznes sub’yektlari salohiyatini oshirish markaz (Capacity Building Center)lari negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va davlat muassasasi shaklida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.

Institut Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi, “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Veterinariya mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center) hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Agrobiznes sub’yektlari salohiyatini oshirish markazi (Capacity Building Center) ning barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Belgilanishicha, institutda quyidagi to‘rtta yo‘nalishda mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda yagona yetkazib beruvchi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini to‘lov-kontrakt asosida yo‘lga qo‘yiladi:

  • vazirlik markaziy apparati, tizimdagi rahbar va mutaxassis kadrlar boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha;
  • tizimdagi oliy, ilmiy tadqiqot va professional ta’lim muassasalarini pedagog kadrlari va ilmiy xodimlar ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va pedagogik mahoratlarini rivojlantirish bo‘yicha;
  • mahalliy davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi masalalariga mas’ul mutaxassis kadrlarini sohadagi islohotlar hamda innovatsiyalar bo‘yicha;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub’yektlar rahbar va xodimlarini zamonaviy fermerlikka hamda qo‘shilgan qiymat yaratishga o‘qitish bo‘yicha qamrab olinadi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • vazirlik markaziy apparati, tizimdagi rahbar va mutaxassis kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • agrar sohadagi oliy, ilmiy-tadqiqot va professional ta’lim muassasalarining pedagog va ilmiy-pedagog kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • mahalliy davlat boshqaruvi organlari, boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi masalalariga mas’ul mutaxassis kadrlarini sohadagi islohotlar hamda innovatsiyalar bo‘yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub’yektlar rahbar va xodimlarini zamonaviy fermerlikka hamda qo‘shilgan qiymat yaratishga o‘qitish bo‘yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
  • davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega agrar va oziq-ovqat sanoati sohasidagi tashkilotlar xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarini tashkil etish;
  • o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga, xususan, agrar soha ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
  • qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati mutaxassislarini kasbiy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, agrar soha ta’lim tizimini ilmiy-metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
  • agrar va pedagogik sohalar yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarda ishtirok etish;
  • agrar va oziq-ovqat sanoatiga oid o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv adabiyotlari va boshqa ilmiy tavsiyalarni davlat xaridi asosida tayyorlash va tarqatish;
  • xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali qishloq xo‘jaligi sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.
Teglar:

O'xshash xabarlar