Ixtisoslashtirilgan maktab

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi PQ-3274-sonli “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi negizida tashkil etildi.

Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad — ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ulardagi qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.

Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifasi etib — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quvchilarni dasturlash asoslari, maʼlumotlar bazasini shakllantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish, axborot va media hamda intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iboratdir.

Shuningdek, mazkur sohada yuqori mahoratga ega pedagoglarni hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining maxsus maktabini yaratish, yosh matematiklar,  fiziklar,  dasturchilar,  ixtirochilar va chet tili bilimdonlaridan iborat o‘quvchilar jamoasini tuzish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam va samarali ishtirokini taʼminlashni tashkil etish maktabning asosiy vazifalaridandir.

Telefon:
+998 99 519 80 90
Sayt:
ictschool.uz
Pochta:
info@ictschool.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Mahtumquli 1-tor ko‘chasi, 28 uy