
Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi
1986 yil 11 iyulda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil transporti vazirligining 440-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent sirtqi avtomobil va yo‘llar texnikumi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-sonli qarori va O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazining 2004 yil 27 yanvardagi 16-sonli buyrug‘iga asosan «Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumi» Toshkent avtomobil va yo‘llar kolleji (TAYK)ga aylantirildi. Uning Nizomi o‘zgartirilib, 2004 yil 29 apreldagi 97-sonli buyruq bilan «Toshkent avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kolleji» nomi bilan o‘z faoliyatini yangitdan boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5812-sonli farmoni bilan Toshkent avtomobil yo‘llari kasb hunar kolleji Toshkent avtomobil yo‘llar texnikumi etib, qayta tashkil etildi.
- Telefon:
-
(+998) 71-278-49-39
- Sayt:
- Pochta:
- Manzil:
- Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi, 53 uy