Texnikum

Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi

Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi Toshkent shahrining markazida joylashgan bo‘lib, yuridik manzili quyidagicha:

Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 7-uy.

Taʼlim muassasasi dastlab 1940 yilda aloqachilar tayyorlaydigan maktab sifatida tashkil etilgan bo‘lib,  Ikkinchi Jahon Urushi  yillarida 1941 yildan 1-son shahar kasb-hunar bilim yurti deb nomlandi. 1955 yildan  boshlab, taʼlim muassasasi aloqa sohasida yuqori malakali ishchi kadrlar tayyorlovchi №4-son shahar kasb-hunar texnik bilim yurtiga aylantirildi.1967 yildan boshlab, №4-son o‘rta kasb-hunar texnik bilim yurti Respublikada birinchilardan bo‘lib, aloqa sohasi uchun o‘rta maxsus maʼlumotga ega bo‘lgan yosh ishchi mutaxassislarni tayyorlay boshladi.     

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 dekabrdagi  №434-son hamda Toshkent shahar Hokimligining 1997 yil 8 yanvardagi №7-son Qarorlari hamda Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmasining 1997 yil 10 yanvardagi №05-OP-buyrug‘i asosida 1997 yilda bilim yurtiga   3-son Biznes maktabi nomi berildi. Biznes maktabida aloqa sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bilan birgalikda EHM operatori, sekretar referent, kichik va o‘rta biznes menedjeri mutaxassislari tayyorlana boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyudagi №253-son Qarori hamda O‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining 2002 yil 22 avgustdagi № 04-1/4-son xatiga ko‘ra , 3-son Biznes maktabi 2002 yildan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji deb nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi №5812-son “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2020 yil 1 iyuldagi № 765-son buyrug‘i asosida taʼlim muassasasiga Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi nomi berildi.

Telefon:
(+998) 55-502-01-01
Sayt:
Pochta:
tatkxk-tpkit@umail.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 7 uy