Texnikum

Toshkent shahar yuridik texnikumi

1977 yil 1 iyul kuni O‘zbekiston  SSR Ministrlar Sovetining 560-r Farmoyishiga muvofiq Toshkent Yuridik texnikumi tashkil etildi. Texnikum Toshkent shahar sudining bo‘shagan binosiga joylashtirildi. O‘sha vaqtda Toshkent yuridik texnikumi kichik yuristlar tayyorlab beruvchi o‘quv maskani bo‘lib, nafaqat O‘zbekistondan balki, sobiq Ittifoq  Respublikalaridan ham talabalarni o‘z bag‘riga oldi.

Bilim maskani mana shu o‘tgan 44 yil davomida o‘ziga xos  sharafli va  tarixiy yo’lni bosib o‘tdi. O‘quv yurti bitiruvchilari  davlat va jamoat organlarida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda, tashkilot va muassasalarda, xususiy korxonalarda o‘z kasblari bo‘yicha faoliyat yuritib, qonun ustivorligini mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish  va fuqarolar manfaatini  himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelmoqdalar.

1977 yil 149 nafar o‘quvchi o‘quv yurti talabasi bo‘lgan bo‘lsa, texnikum o‘zining 30  yillik faoliyati davomida qariyb 10 300 509  nafar mutaxassislarni yetishtirdi. 

Hozirgi kunga kelib texnikumda tahsil olayotgan talabalar soni 400 nafardan ortdi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, jamiyatning barcha jabhalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham yirik islohotlar amalga oshirildi. Toshkent yuridik texnikumiga Vazirlar Mahkamasining 1992 14 martdagi 130-sonli “Yuridik ta’limni qayta qurish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Toshkent yuridik kolleji maqomi berildi hamda 1999 yilda zamon talablariga to‘la javob beruvchi, zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan yangi bino qad rostladi.

Toshkent yuridik kolleji Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimiga kiritildi.

O‘quv maskanining 30 yillik faoliyati davomida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlandi. Jumladan:

  • “Xo‘jalik-huquqiy faoliyati”;
  • “Ma’muriy-huquqiy faoliyati”;
  • “Huquqni himoya qilish faoliyati”;
  • “Sudlarda ijro ishi”.

Toshkent yuridik kolleji O‘zbekistondagi yuridik kollejlar va o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlaridagi yuridik yo‘nalishlar uchun tayanch o‘quv yurti hisoblanadi. Ular uchun kollej jamoasi tomonidan Namunaviy o‘quv rejalari,  72 turdagi fan dasturlari, 22 nomdagi maxsus fanlardan yuridik kollejlari  uchun darsliklar tayyorlandi va nashr etildi.

Telefon:
(+998) 71-271-42-35
Sayt:
Pochta:
contact@tshyt.uz
Manzil:
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Chilonzor 12 mavze, 67 A uy