Oliy ta'lim muassasasi

Alfraganus university

Alfraganus University oliy ta’lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega va 2022/2023 o‘quv yilidan talabalar qabul qilishni boshladi. 

Oliygoh oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yaratib, innovatsion ta’lim asosida zamonaviy bilimga ega yuqori malakali, professional lider kadrlar tayyorlash va ularni jamiyatga implementatsiya qilishni maqsad qilgan.

Mazkur universitetga vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan va diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda 100 foiz tan olinadi.

Bugungi kunda universitetda quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

Magistratura mutaxassisliklari:

  • Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi”, “Kriptografiya va kriptoanaliz”)
  • Dasturiy injiniring
  • Sun’iy intellekt
  • Lingvistika (tillar bo‘yicha)
  • Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Falsafa (sohalar bo‘yicha)
  • Pedagogika va psixologiya

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Tibbiyot sohasiga oid yo‘nalishlar:

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi

Shuningdek:

  • Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Kiberxavfsizlik injiniringi
  • Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «IT-servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)
  • Tarix
  • Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
  • Arxitektura (turlari bo‘yicha)
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
  • Logistika (yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Sport faoliyati (dzyudo va kurash)

Universitet o‘zining zamonaviy o‘quv kampuslari, malakali professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari bilan faxrlana oladi.

Universitetning yangidan qurilgan binosidagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalarida yoshlarga professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. 

Universitet kutubxonasi, turli elektron resurslarga boy bazaga ulangan kompyuter xonalari, tibbiyot xonasi, talabalar mustaqil o‘qib shug‘ullanishlari, sport bilan shug‘ullanishlari, dam olishlari va o‘zaro fikr almashib ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Universitetga kirib, birinchi kursni a’lo baholarga tugatgan talabalarga bir yillik kontrakt pullari to‘lab beriladi. 

Yana bir e’tiborli jihati — universitet bir qator nufuzli xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, shu yerning o‘zida chet tillarni o‘rganib, ta’limni chetda davom ettirish imkoniyati mavjud.

Universitetda ta’lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi.

Telefon:
(+998) 78-122-75-57
Sayt:
alfraganusuniversity.uz
Pochta:
alfraganusuniversity@gmail.com
Manzil:
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi, 2a-uy.

Alfraganus university Mutaxassisliklar

Fakultetlar, kirish ballri, kvotalar
# Mutaxassislik Shifr Ta'lim turi
1 Arxitektura (turlari bo‘yicha) 60730100 Bakalavr
2 Bank ishi va auditi 60410500 Bakalavr
3 Boshlang‘ich ta’lim 60110500 Bakalavr
4 Dasturiy injiniring 60610600 Bakalavr
5 Davolash ishi 60910200 Bakalavr
6 Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 60910700 Bakalavr
7 Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) 60722500 Bakalavr
8 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) 60411900 Bakalavr
9 Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 Bakalavr
10 Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
11 Matematika va informatika 60110600 Bakalavr
12 Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 Bakalavr
13 Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60112100 Bakalavr
14 Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 Bakalavr
15 O‘zbek tili va adabiyoti 60111400 Bakalavr
16 Pedagogika 60110100 Bakalavr
17 Pediatriya ishi 60910300 Bakalavr
18 Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) 60910800 Bakalavr
19 Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) 60410200 Bakalavr
20 Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60910100 Bakalavr
21 Sun’iy intellekt 60610700 Bakalavr
22 Tarix 60111100 Bakalavr
23 Xalqaro munosabatlar 60310800 Bakalavr